O'zbekiston

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida 1,3 gektar maydondagi quruq o‘tlar yonib ketgan, daraxt va butalarga zarar yetmagan.

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida yong‘in yuz berdi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidagi Taxtaqoracha dovonida sodir bo‘lgan yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi. 

 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in 2-avgust kuni soat 13:50 atrofida Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yuzaga kelgan. Yong‘inni bartaraf etishga Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi, tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari jalb etilgan. Tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:30 da to‘liq o‘chirildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida 1,3 gektar maydondagi quruq o‘tlar zarar ko‘rgan. O‘rmon hududidagi mavjud daraxt va butalarga shikast yetmagan.

 

Hozirda voqea joyida o‘rmon xo‘jaligi va ekologiya xodimlaridan iborat navbatchilik guruhi faoliyat yuritmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilayotgani bildirildi.

 

Mutasaddilar fuqarolarni yozning issiq kunlarida tog‘li hududlar hamda avtomobil yo‘llari bo‘yidagi o‘rmon fondi yerlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishga va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.