Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident moliya sohasiga sun’iy intellektni joriy etish va raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surdi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yigʻilishi doirasida Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Masao Yahara ham ishtirok etishdi.

 

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon mamlakat yetakchisiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston rahbarining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boshlab bergani taʼkidlandi.

 

Muloqot chogʻida iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼatlari alohida qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimiz moliya tizimini modernizatsiya qilish, xususan, gʻaznachilik sohasiga sunʼiy intellektni joriy etish, raqamli moliya transformatsiyasi va ushbu yoʻnalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha bir qator istiqbolli takliflarni ilgari surdi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot, axborot texnologiyalari, transport va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi | Zamon.uz