Siyosat

O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi umumiy loyiha portfeli 16 mlrd dollarga yetdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB rahbari bilan uchrashuvda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi umumiy loyiha portfeli 16 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida bank rahbari O‘zbekistonda OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishini o‘tkazishga ko‘rsatilgan yuksak darajadagi qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy yordam uchun davlat rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

O‘tgan davr mobaynida OTB mamlakatimizning ishonchli strategik sherigiga aylangani qayd etildi.

 

Bugungi kunda umumiy qiymati qariyb 16 milliard dollarga teng loyihalar portfeli shakllantirilgan bo‘lib, O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi.

 

Hamkorlik doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash, qishloq xo‘jaligi hamda xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Tomonlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi sheriklik dasturi doirasida umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

 

Shuningdek, ipoteka bozori, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv ta’limni kengaytirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

 

Markaziy Osiyoda yirik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish va investitsiyalarni safarbar etishda OTBning rolini yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida 2030-yilgacha mo‘ljallangan sheriklik dasturini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.