O'zbekiston

SSV xodimlarining oyligi oshirildi

Sanepidqo‘m tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birliklari qisqartiriladi.

SSV xodimlarining oyligi oshirildi

SSV boshqaruv xodimlarining ish haqi yangi tizim asosida belgilanadi. Bu haqda Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida qayd etildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining shtat birliklari soni quyidagicha belgilandi:

 

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati – 298 ta (shu jumladan, 1 ta vazirning birinchi o‘rinbosari va 5 ta vazir o‘rinbosari);
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi – 68 ta;
  • Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – 42 ta;
  • Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari – 128 ta;
  • Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi – 30 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash boshqarmalari jami – 602 ta, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari – 18 tadan.

 

Bunda soha uchun qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.

 

Farmonga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqaruv xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi. Bunda:

 

  • vazirlikning markaziy apparati xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati xodimlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari xodimlari;
  • tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari;
  • Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlari;
  • Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi xodimlariga Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari va ish haqi miqdorlari qo‘llanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.