O'zbekiston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qabristonlarni obod qilishga chaqirdi

Idora “Qabristonlarni obod qilish dolzarb oyligi” tashabbusini e’lon qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qabristonlarni obod qilishga chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblariga oid murojaatini e’lon qildi.

 

Murojaatda qayd etilishicha, mamlakatda ajdodlarni xotirlash, ularning xotirasini e’zozlash hamda qabristonlarni obod qilish ezgu an’ana sifatida qaraladi. Shuningdek, muqaddas dinimizda marhumlarni ziyorat qilish, ularning haqqiga duo qilish va qabrlarga hurmat bilan yondashish targ‘ib etilgani ta’kidlangan.

 

Idora bayonotida yaqin yillarda yurt bo‘ylab, jumladan, Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani eslatib o‘tilgan.

 

Shuningdek, qabristonlar insonni tafakkurga chorlovchi, hayotning o‘tkinchiligi va oxirat haqiqatini eslatuvchi maskan ekani ta’kidlangan.

 

Idora ayrim hududlarda qabristonlarning qarovsiz qolishi, tozalik va tartib-intizom yetarli darajada emasligi kabi holatlarga ham e’tibor qaratgan. Bunday holatlar marhumlar xotirasiga nisbatan befarqlik sifatida baholanayotgani bildirilgan.

 

Murojaatda qabristonlarni doimiy ravishda toza va obod saqlash, ziyorat madaniyatiga rioya qilish hamda belgilangan tartiblarga amal qilish zarurligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, ziyorat vaqtida poklikka rioya qilish, salom berish, duo va Qur’on tilovati qilish, qabrlarga hurmatsiz munosabatda bo‘lmaslik kabi odoblar eslatib o‘tilgan.

 

Bundan tashqari idora qabristonlarni obod qilish va ziyorat madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Qabristonlarni obod qilish dolzarb oyligi” tashabbusini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, mahalla aholisi, nuroniylar, imom-xatiblar va ziyolilar qabristonlarni tozalash va obodonlashtirish ishlariga keng jalb etiladi.

 

Tashabbus doirasida qabristonlarni tartibli saqlash, ko‘kalamzorlashtirish, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda yoshlar o‘rtasida “Xotira va qadrlash” tushunchasini mustahkamlash rejalashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"