Siyosat

Putin Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbarining tashqi bosimlarga qaramay Moskvaga kelganini alohida ta’kidladi.

Putin Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-may kuni Moskva shahriga tashrifini yuqori baholab, uni ikki davlat o‘rtasidagi alohida munosabatlarning yorqin ifodasi deb atadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida Putin bugungi murakkab xalqaro sharoitda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar nafaqat do‘stlik, balki qardoshlik hamkorligining ham muhim belgisi ekanini ta’kidlagan.

 

Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevning “tashqi signallar va tahdidlarga qaramay” Moskvaga tashrif buyurganini alohida qayd etib, O‘zbekiston prezidentiga do‘stlik va G‘alaba tadbirlaridagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirgan.

 

Shuningdek, Vladimir Putin O‘zbekiston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotganini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketgani va tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgani xabar berilgan edi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Putin Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi | Zamon.uz