Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahridagi G‘alaba tadbirlarida ishtirok etdi

Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan paradda bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari ham qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahridagi G‘alaba tadbirlarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

 

Qizil maydonda tashkil etilgan G‘alaba paradida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso hamda boshqa qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari qatnashdi.

 

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi evaziga qo‘lga kiritilgan tarixiy voqea sifatida yodga olindi. Ushbu buyuk g‘alabaga O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi ham munosib hissa qo‘shgan.

 

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, urush arafasida respublika aholisi 6 million nafardan ortiq bo‘lgan. Shundan qariyb 2 million nafar o‘zbekistonlik frontga safarbar etilgan. Urush yillarida 538 mingdan ziyod yurtdoshimiz halok bo‘lgan, 158 ming nafardan ortig‘i bedarak yo‘qolgan.

 

Jasorat va mardlik namunalari uchun 214 mingdan ortiq o‘zbekistonlik askar va ofitserlar jangovar orden hamda medallar bilan taqdirlangan. 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, 70 nafari esa “Shon-sharaf” ordenining to‘liq kavaleri bo‘lgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston xalqi front ortida ham fidokorona mehnat qilib, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlagan. Respublikada 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxona joylashtirilib, mudofaa sanoatining uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Urushning og‘ir yillarida xalqimiz insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlarini ham namoyon etdi. Front hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq inson, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalar O‘zbekistonda boshpana topgan.

 

Bugungi kunda mamlakatimizda urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlari xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida barpo etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ajdodlar jasorati va matonatiga bo‘lgan chuqur hurmat ramziga aylangan.

 

Parad yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘ida joylashgan Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

 

Mazkur yodgorlik Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan millionlab askarlar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning jasorati va fidoyiligi timsoli hisoblanadi.

 

Marosim bir daqiqalik sukut saqlash, faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahridagi G‘alaba tadbirlarida ishtirok etdi | Zamon.uz