Sport

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh–2026 oldidan tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi

Terma jamoa JCh–2026 oldidan Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh–2026 oldidan tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi

 

O‘zbekiston milliy jamoasining 2026-yilgi jahon chempionati oldidan tayyorgarlik rejasi maʼlum qilindi.



Unga ko‘ra, terma jamoa 5–25-may kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Yig‘in doirasida mahalliy klublarga qarshi bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. 10-may kuni o‘tkazilgan nazorat bahsida O‘zbekiston milliy jamoasi raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etgan. Shuningdek, 16 va 22-may kunlari yana ikki o‘yin rejalashtirilgan.



26-may kuni terma jamoa Toshkentdan Nyu-York shahriga jo‘nab ketadi. 27–29-may kunlari AQSHda yakuniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.



Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston milliy jamoasi ikki xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Jumladan, 1-iyun kuni Kanadaga qarshi Edmonton shahridagi “Commonwealth” stadionida maydonga tushiladi. 8-iyun kuni esa Nyu-York shahridagi “Icahn Stadium” arenasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi.



JCH–2026 guruh bosqichida O‘zbekiston milliy jamoasi 17-iyun kuni Meksika, 23 va 27-iyun kunlari esa AQSHga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.



Maʼlum qilinishicha, jahon chempionati davomida O‘zbekiston milliy jamoasining bazaviy shahri Nyu-York bo‘ladi.