Sport

O‘zbekistonda "Men G‘olib Run" vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yugurish musobaqalari qahramonlar xotirasini e’zozlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga bag‘ishlandi.

O‘zbekistonda "Men G‘olib Run" vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun butun mamlakat bo‘ylab "Men G‘olib Run" vatanparvarlik yugurish musobaqasining bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekistonning 14 ta shahrida o‘tkazilib, unda qariyb 40 ming nafar ishtirokchi qatnashdi.

 

 

Ommaviy startlarda harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi va kuch tuzilmalari xodimlari, vazirlik va idoralar huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri hokimliklari xodimlari, professional sportchilar, yugurish ixlosmandlari hamda mamlakatning turli hududlaridan kelgan aholi vakillari ishtirok etdi. 

 

 

Yugurish musobaqalari qahramonlar xotirasini e’zozlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga bag‘ishlandi.

 

 

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi jamoalari, shuningdek, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

 

 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 10 kilometr masofada jamoaviy birinchilikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 32:52 o‘rtacha natija bilan g‘olib bo‘ldi. 10 kilometr masofada shaxsiy hisobda esa Ichki ishlar vazirligi vakili Andrey Petrov 29:15 natija bilan g‘alaba qozondi.

 

 

"Men G‘olib Run" O‘zbekistondagi eng yirik ommaviy sport-vatanparvarlik loyihalaridan biriga aylanib, minglab insonlarni xotira, kuch, birdamlik va Vatan himoyachilari jasoratiga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirdi.

 

 

Tadbirlar Sport vazirligining umumiy muvofiqlashtiruvi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasining faol ko‘magi bilan tashkil etildi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.