O'zbekiston

Sohada 5 yillik mehnat stajiga ega ayollar OTMga tavsiyanoma asosida qabul qilinadi

Tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.

Sohada 5 yillik mehnat stajiga ega ayollar OTMga tavsiyanoma asosida qabul qilinadi

 

O‘zbekistonda mehnat tajribasiga ega xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi dastur ishga tushirildi. Endilikda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumot olmagan ayollar davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma olishlari mumkin.



Mazkur tashabbus Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida davlat OTMlariga kirish uchun xotin-qizlarga alohida 500 ta kvota ajratilgan.



Tavsiyanoma olish uchun nomzodlar o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lishi, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi hamda bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lmasligi lozim.

 


Tanlov kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Eng yuqori ball to‘plagan 500 nafar xotin-qiz talabalikka tavsiya etiladi.



Tavsiyanoma 3 yil muddat davomida amal qiladi va undan faqat bir marta foydalanish mumkin. Dastur xorijiy, nodavlat hamda harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.



Arizalarni my.gov.uz portali orqali onlayn topshirish mumkin. Hujjatlar joriy yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"