O'zbekiston

Xantavirusning O‘zbekistonda tarqalish ehtimoli bormi?

Sanepidqo‘mita tarqalayotgan yangi virus borasidagi xavotirlarga oydinlik kiritdi.

Xantavirusning O‘zbekistonda tarqalish ehtimoli bormi?

 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim davlatlarda xantavirus infeksiyasi tarqalayotgani haqida turli xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.



Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovning ta’kidlashicha, ayni paytda O‘zbekistonda xantavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, kasallanish holatlari qayd etilmagan.



Qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, xantavirus koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas hamda global pandemiyaga sabab bo‘lmaydi.



Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, xantavirusning 20 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ulardan faqat ayrimlari insonlarda kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Infeksiya asosan kemiruvchilar orqali yuqadi. Virus zararlangan chang, oziq-ovqat mahsulotlari yoki kemiruvchilar ajratmalari orqali inson organizmiga tushishi mumkin.



Kasallik ko‘pincha tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak va qorin sohasidagi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Og‘ir holatlarda esa buyrak yetishmovchiligi hamda yurak-qon tomir va nafas olish tizimi bilan bog‘liq asoratlar kuzatilishi mumkin.



Hozirgi kunda xantavirusga qarshi maxsus vaksina yoki aniq davolash protokoli mavjud emas. Shu bois mutaxassislar profilaktik choralarга qat’iy amal qilish muhimligini ta’kidlamoqda.



Fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, yashash va ish joylarini ozoda saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz sharoitda saqlash, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish hamda yopiq xonalarni muntazam shamollatib turish tavsiya etildi.



Shuningdek, mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni barqaror saqlash va chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish maqsadida 53 ta chegara punktida doimiy sanitariya nazorati yo‘lga qo‘yilgani ma'lum qilindi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"