Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashdi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida davlat rahbarining joriy yil yanvar oyida Anqaraga rasmiy tashrifi O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.

 

 

Oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.

 

 

Xabarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.

 

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"