Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so'zlashi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi shafeligida Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Poytaxtning Kongress-markazida davlat rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutladilar

Ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

                                           

 

Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

 

                                     

 

Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan taʼminlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari oʻrin olgan.

 

                                   

 

Oʻzbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq soʻzlaydi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"