Jahon

AQSh va Isroil Eronga sobiq prezidentni rahbar qilmoqchi bo‘lgan — NYT

Isroil urushning birinchi kunida Tehronda uy qamog‘idagi Mahmud Ahmadinajodni ozod qilish maqsadida uning qarorgohiga zarba bergan.

AQSh va Isroil Eronga sobiq prezidentni rahbar qilmoqchi bo‘lgan — NYT

The New York Times nashri amerikalik mulozimlarga tayanib xabar berishicha, AQSH va Isroil Eron bilan urush boshlangan paytda mamlakatda rejimni o‘zgartirish hamda sobiq prezident Mahmud Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelish ssenariysini muhokama qilgan.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil urushning birinchi kunida Tehronda uy qamog‘ida saqlanayotgan Ahmadinajodni ozod qilish maqsadida uning qarorgohiga zarba bergan. Hujum vaqtida sobiq prezident omon qolgan, biroq jarohat olgan. 

 

Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu voqeadan keyin u rejim almashinuvi rejasidan ko‘ngli sovigan.

 

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan buyon Ahmadinajod jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan va uning hozirgi ahvoli noma’lumligicha qolmoqda. Sobiq prezidentga yaqin manbalar ham uning qarorgohiga qilingan hujum ozod qilish operatsiyasi bo‘lganini tasdiqlagan.

 

Shu kuni Isroil tomonidan Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning Tehron markazidagi qarorgohiga ham zarba berilgan. Hujum oqibatida Xomanaiy va bir qator yuqori martabali amaldorlar halok bo‘lgan.

 

Gazeta bu operatsiyani Isroilning Erondagi teokratik tuzumni ag‘darishga qaratilgan ko‘p bosqichli rejasining bir qismi sifatida baholagan. Manbalarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp hamda Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahu rahbariyat almashinuviga oid xavfli ssenariyni qo‘llab-quvvatlagan. Ayrim amerikalik mulozimlar esa Ahmadinajodning hokimiyatga qaytish imkoniyatiga shubha bilan qaragan.

 

Nashrning qayd etishicha, Ahmadinajodni qanday mexanizm orqali hokimiyatga olib kelish rejalashtirilgani, shuningdek, uning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan havo zarbasining aniq tafsilotlari ochiqlanmagan.

 

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Ahmadinajod uyiga katta zarar yetkazmagan, ammo kirish qismidagi qo‘riqlash posti vayron qilingan. Natijada uni qo‘riqlayotgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining bir necha a’zosi halok bo‘lgan.

 

Mahmoud Ahmadinajod 2005–2013-yillarda Eron prezidenti lavozimida ishlagan. U prezidentlik davrida Eron yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlagan va AQSH hamda Isroilni keskin tanqid qilib kelgan. Keyingi yillarda esa u Eron rahbariyatini korrupsiya va samarasiz boshqaruvda ayblab chiqqan.

 

Sobiq prezident 2017, 2021 va 2024-yillarda prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga uringan, ammo uning nomzodi rasmiylar tomonidan rad etilgan. NYT ta’kidlashicha, Ahmadinajod ochiq muxolifat vakili bo‘lmaganiga qaramay, Eron hukumati uni potensial beqarorlashtiruvchi siyosiy figura sifatida baholay boshlagan.

 

Nashr shuningdek, Ahmadinajod atrofidagi ayrim shaxslar G‘arb davlatlari bilan yaqin aloqalarda bo‘lish yoki Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblanganini yozgan. Uning so‘nggi yillarda xorijga bir necha bor tashrif buyurgani ham turli taxminlarga sabab bo‘lgan. Xususan, u 2023-yilda Guatemalaga, 2024 va 2025-yillarda esa Vengriyaga borgan. NYT qaydicha, mazkur davlatlar Isroil bilan yaqin munosabatlarga ega.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.