Jahon

Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida Britaniya razvedka samolyotiga xavfli tarzda yaqinlashdi

Hodisadan so‘ng Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Rossiya elchixonasidan rasmiy izoh talab qildi.

Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida Britaniya razvedka samolyotiga xavfli tarzda yaqinlashdi

Qora dengiz ustida Rossiyaning ikki harbiy samolyoti Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlariga qarashli qurolsiz razvedka samolyotini “xavfli va provokatsion tarzda” to‘sib oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa o‘tgan oy xalqaro havo hududida sodir bo‘lgan. NATO sharqiy qanotini kuzatish missiyasini bajarayotgan RAF’ning RC-135W Rivet Joint razvedka samolyotiga Rossiyaning Su-35 qiruvchisi juda yaqin masofada parvoz qilgan. Natijada samolyotning favqulodda xavfsizlik tizimlari ishga tushib, avtopilot tizimi vaqtincha o‘chgan.

 

Shuningdek, Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Britaniya samolyoti oldidan olti marotaba uchib o‘tgan. Ayrim holatlarda u razvedka samolyoti burniga atigi olti metr masofagacha yaqinlashgan.

 

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili RAF ekipajining harakatlarini yuqori baholab, Rossiya uchuvchilarining bu xatti-harakatlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi.

 

“Bu xalqaro havo hududida harakatlanayotgan qurolsiz samolyotga nisbatan xavfli va mas’uliyatsiz munosabatning yana bir ko‘rinishidir. Bunday harakatlar halokat va keskinlik xavfini oshiradi”, — dedi Hili.

 

Britaniya Mudofaa vazirligi ushbu hodisani 2022 yildan buyon Rossiya tomonidan sodir etilgan eng xavfli havo provokatsiyalaridan biri sifatida baholamoqda. O‘sha yili ham Rossiya qiruvchisi Qora dengiz ustidagi RAF’ning Rivet Joint samolyotiga raketa uchirgan edi.

 

Londonning ta’kidlashicha, Britaniya samolyoti xalqaro qonunlarga muvofiq ravishda muntazam kuzatuv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Rossiya elchixonasidan rasmiy izoh talab qilgan.

 

Mudofaa vazirligi so‘nggi paytlarda Rossiyaning mintaqadagi harbiy faolligi ortib borayotganini ham qayd etdi. Xususan, Shimoliy dengizdagi Britaniya suvosti infratuzilmasi yaqinida Rossiya suvosti kemalari harakati kuzatilayotgani aytilmoqda.

 

RAF tarkibidagi RC-135W Rivet Joint samolyotlari ilg‘or razvedka texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, elektromagnit signallarni aniqlash va tahlil qilish orqali real vaqt rejimida strategik ma’lumotlar to‘playdi. Samolyotlar odatda Linkolnshir hududidagi aviabazadan parvoz qiladi.

 

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.