Jahon

JSST Ebola sabab 139 kishi vafot etganini ma’lum qildi

Virus bilan kasallanishning qariyb 600 ta gumon qilingan holati mavjudligini bildirdi.

JSST Ebola sabab 139 kishi vafot etganini ma’lum qildi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

 

JSST bosh direktori Jenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, hozirga qadar Ebola bilan kasallanishning qariyb 600 ta gumon qilingan holati hamda 139 ta ehtimoliy o‘lim holati qayd etilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, virus epidemiyasi rasman aniqlanguniga qadar ma’lum muddat davomida tarqalgan bo‘lishi mumkin va shu sababli kasallanish hamda o‘lim holatlari soni yana ortishi ehtimoli mavjud.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Kongo hududida Ebola virusining 51 ta tasdiqlangan holati aniqlangan. Ugandada esa ikki nafar bemorda kasallik laboratoriya orqali tasdiqlangan.

 

Tashkilot mutaxassislari epidemiologik kuzatuv, bemorlarni izolyatsiya qilish hamda virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirayotganini bildirgan.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"