Jahon

Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi: 40 ta hujjat imzolandi

Rossiya va Xitoy yetakchilari “eng nozik masalalarni” choy ustida muhokama qilgan.

Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi: 40 ta hujjat imzolandi

Vladimir Putin va Si Szinpin 20-may kuni Pekinda muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka oid qariyb 40 ta hujjat imzolandi, deya xabar bermoqda RBK.

 

Rossiya prezidenti Xitoyga 19-may oqshomida yetib kelgan. Tashrif Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi Qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 25-yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga besh nafar bosh vazir o‘rinbosari, sakkiz nafar vazir, jumladan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek Markaziy bank, VEB, “Rosatom”, “Roskosmos” va “Rosneft” rahbarlari kirdi.

 

Muzokaralar Pekindagi Tyananmen maydonida joylashgan Xalq yig‘inlari uyida avval tor doirada, keyin esa kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tdi. Putin uchrashuvni “mazmunli” deb atab, muloqot ishonchli ruhda kechganini ta’kidladi. Muzokaralar yakunida tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma bayonot hamda ko‘p qutbli dunyo va yangi turdagi xalqaro munosabatlarga oid deklaratsiyani qabul qildi.

 

Putin muzokaralarda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar “misli ko‘rilmagan darajada yuqori bosqichga chiqqani”ni bildirib, ularni “har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik namunasi” deb atadi. Uning aytishicha, XXI asr boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 30 barobardan ortiq oshgan.

 

Rossiya prezidenti deyarli barcha savdo operatsiyalari rubl va yuan orqali amalga oshirilayotganini qayd etdi. 

 

Energetika sohasidagi hamkorlikni iqtisodiy aloqalarning “lokomotivi” deb atagan Putin Rossiya Xitoy bozoriga barcha turdagi yoqilg‘ilarni uzluksiz yetkazib berishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, tomonlar strategik ahamiyatga ega elementlar va metallar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish ustida ishlayotgani aytildi.

 

Putin Rossiya va Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim amaliyoti davom ettirilishini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki bergan.

 

Si Szinpin esa Rossiya va Xitoy munosabatlari “yanada samarali va jadallashgan rivojlanishning yangi bosqichiga kirganini” ta’kidladi. Uning aytishicha, siyosiy o‘zaro ishonch va strategik hamkorlikning muntazam chuqurlashuvi ikki davlat aloqalarining bugungi darajaga chiqishiga sabab bo‘lgan.

 

Xitoy rahbari xalqaro maydonda “bir tomonlamalik va gegemonizm avj olayotgani”ni bildirib, Rossiya va Xitoy xalqlari tinchlik hamda taraqqiyot yo‘lidan borishga intilayotganini qayd etdi.

 

Si Szinpin Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham to‘xtalib, mintaqada harbiy mojaroning qayta boshlanishini nomaqbul deb atadi.

 

“Jangovar harakatlarni imkon qadar tezroq to‘liq to‘xtatish zarur. Urushning qayta boshlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ayniqsa, muzokaralarga amal qilish muhim”, dedi u.

 

Tomonlar qabul qilgan qo‘shma bayonotda Rossiya va Xitoy Ukrainadagi mojaroning ildiz sabablarini BMT nizomi tamoyillariga to‘liq amal qilish asosida bartaraf etish zarurligiga ishonch bildirgani qayd etilgan. Hujjatda uzoq muddatli va barqaror tinchlikka xizmat qiladigan barcha sa’y-harakatlar qo‘llab-quvvatlanishi, muammoni dialog va muzokaralar orqali hal qilish tarafdorligi ta’kidlangan.

 

Rossiya bayonotda Xitoyning Ukraina bo‘yicha “xolis pozitsiyasi”ni ijobiy baholagani ham qayd etildi.

 

Shuningdek, ikki davlat AQSHning “Oltin gumbaz” loyihasi strategik barqarorlikka tahdid solishini bildirgan. Bayonotda mazkur tashabbus strategik hujum va mudofaa tizimlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tamoyilini inkor etishi, bu esa kosmosda mojarolar xavfini oshirishi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Putin va Si imzolagan ko‘p qutbli dunyo haqidagi deklaratsiyada “birinchi toifali” davlatlar yoki xalqlar mavjud emasligi qayd etilgan. Hujjatda har bir suveren davlatning o‘z taraqqiyot yo‘li va modelini tanlash huquqini hurmat qilish zarurligi, gegemonizm va majburlash siyosati qabul qilib bo‘lmasligi ta’kidlangan.

 

Muzokaralar yakunida XXR TIV vakili Guo Jiakun Xitoy Rossiya fuqarolari uchun vizasiz rejimni 2027-yil oxirigacha uzaytirganini ma’lum qildi. Oddiy xorijga chiqish pasportiga ega rossiyaliklar Xitoyga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitry Peskov ham Rossiya tomonidan vizasiz rejim uzaytirilishini bildirib, bu amaliyot o‘zini “juda ijobiy” tomondan ko‘rsatganini aytdi.

 

Rasmiy uchrashuvlardan so‘ng Putin va Si an’anaviy choy suhbatini ham o‘tkazdi. U yerda Ukraina masalasi hamda AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro muhokama qilingan. Peskovning aytishicha, bunday choy uchrashuvlari Rossiya va Xitoy yetakchilari muloqotining doimiy qismi bo‘lib, aynan shu formatda “eng nozik masalalar” ko‘rib chiqiladi.

 

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.