Jahon

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi ilk uchuvchi taksi sinovdan o‘tkazildi

Namoyish etilgan model soatiga 200 kilometrgacha tezlikka erisha oladi va 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir.

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi ilk uchuvchi taksi sinovdan o‘tkazildi

 

Qozog‘istonda eVTOL turidagi havo taksisi prototipining ilk namoyish parvozi Olmaota viloyatidagi Bayserke qishlog‘i yaqinida joylashgan Alatau shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kz.kursiv nashri xabar berdi.

 

Loyiha Alatau Advance Air Group Ltd. kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya Alatau hududida shahar havo harakatchanligi tizimini rivojlantirishni maqsad qilgan.

Namoyish doirasida Xitoyning Shanxay shahridagi AutoFlight kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan eVTOL qurilmasi sinovdan o‘tkazilgan. eVTOL — vertikal uchish va qo‘nishga qodir elektr samolyot bo‘lib, dron, vertolyot va an’anaviy samolyot texnologiyalarini birlashtiradi. Ushbu transport turi havo taksisi, shahar transporti hamda yuk tashish xizmatlari uchun mo‘ljallangan.

 

                                         

 

Alatauda namoyish etilgan AutoFlight Prosperity modeli soatiga 200 kilometrgacha tezlikka erisha oladi va 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. Qurilma uchuvchi bilan birga besh nafar yo‘lovchini tashishi mumkin. Shuningdek, uning yuk ko‘tarish quvvati 2,4 tonnani tashkil etadi.

 

Samolyotning qanotlari uzunligi 15 metr, korpusining uzunligi esa 11 metrni tashkil qiladi. Qurilma 13 ta elektr dvigatel va parrak bilan jihozlangan.

 

                                             

Loyiha doirasida Alatau hududida maxsus uchirish maydonchasi ham qurilgan. Hozirda u sinov markazi sifatida foydalanilmoqda. Kelgusida mazkur hududda yo‘lovchilar uchun terminal — vertiport qurilishi rejalashtirilgan. Unda chiptalarni xarid qilish, ro‘yxatdan o‘tish, xavfsizlik nazoratidan o‘tish va parvoz oldidan kutish zonalari tashkil etiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, AutoFlight Prosperity modeli hozirda sertifikatlash bosqichida bo‘lib, 2027-yilga qadar parvoz sertifikatini olishi kutilmoqda.

Kelajakda bunday havo taksilari Alatau, Olmaota va unga tutash hududlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish xizmatlarida foydalanilishi mumkin.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.