Jahon

Eron AQSH yangi zarbalar bersa urush kengroq yoyilishini ma’lum qildi

Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishilmasa mamlakatga qarshi hujumlar qayta boshlanishi mumkinligini bildirgan edi.

Eron AQSH yangi zarbalar bersa urush kengroq yoyilishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yakuniy bosqichga kirganini ma’lum qildi hamda kelishuvga erishilmasa, harbiy zarbalar qayta boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tramp jurnalistlarga bergan bayonotida, “Epik G‘azab” operatsiyasi sulh sababli to‘xtatilganidan olti hafta o‘tgan bo‘lsa-da, urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarda sezilarli siljish kuzatilmaganini bildirdi. Uning aytishicha, u bu hafta yangi hujumlar berish buyrug‘iga juda yaqin kelgan, biroq diplomatik muzokaralarga qo‘shimcha vaqt berish qarorini tanlagan.

 

“Biz Eron bo‘yicha yakuniy bosqichdamiz. Yo kelishuv bo‘ladi, yo biz qattiqroq choralar ko‘ramiz, lekin umid qilamanki, bunga hojat qolmaydi”, dedi Tramp.

 

U, shuningdek, “kamroq qurbonlar bo‘lishini afzal ko‘rishini”, biroq “har qanday ssenariyga tayyor ekanini” ta’kidladi.

 

Tehron esa AQShni urushni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab, yangi zarbalar berilsa, javob choralari Yaqin Sharq hududidan tashqariga ham kengayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi bayonotida “tajovuz takrorlansa, mintaqaviy mojaro global tus olishi mumkinligi” qayd etildi.

 

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan audio murojaatida AQSh yangi harbiy operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildiruvchi “ochiq va yashirin signallar” mavjudligini aytdi.

 

Muzokaralar fonida Pokiston ichki ishlar vaziri — avvalgi muzokaralar bosqichida vositachi rolini bajargan davlat vakili — Tehronga tashrif buyurdi. Bu tashrif mintaqadagi diplomatik faollikni kuchaytirgan navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda.

 

Eron AQShga yangi taklif ham taqdim etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat avval rad etilgan shartlarni o‘z ichiga oladi, jumladan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat, urush zararlarini qoplash, sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan aktivlarni qaytarish va AQSh qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqish talablari.

 

Tramp esa ayrim Fors ko‘rfazi davlatlari murojaatlaridan so‘ng yangi zarbalarni so‘nggi daqiqada to‘xtatganini, hatto seshanba kuni hujumlar bir soat ichida boshlanishi mumkin bo‘lganini bildirgan.

 

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhan AQSh prezidentining diplomatiyaga qo‘shimcha vaqt berish qarorini olqishladi.

 

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.