O'zbekiston

Namangan, Jizzax va Qashqadaryoda kuzatilgan sel oqimlari uy-joylarga zarar yetkazmadi — FVV

Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida sel suvlarining avtomobil yo‘llariga chiqishi sababli qisqa muddatli cheklovlar yuzaga kelgan.

Namangan, Jizzax va Qashqadaryoda kuzatilgan sel oqimlari uy-joylarga zarar yetkazmadi — FVV



Favqulodda vaziyatlar vazirligi 19-may kuni Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida kuzatilgan sel oqimlari yuzasidan ma’lumot berdi.



Vazirlik xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog‘, Dehqonobod va Shahrisabz tumanlarida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilgan. Qamashi tumanidagi “Qiziltepa” mahallasi Tegirmon qishlog‘i hududida yomg‘irlar natijasida Maydanak avtomobil yo‘liga sel-suvlari chiqib ketgan va yo‘l qisqa muddatga yopilgan.



Shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumani “Imom ota” mahallasi hamda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Lalmikor” mahallasi hududlarida ham kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari kuzatilgan.



Pop tumanida tog‘ va adirliklarda shakllangan sel suvlar “Xazorat” ko‘chasidan oqib o‘tgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga zarar yetmagan. G‘allaorol tumanida kuzatilgan sel oqimlari ham sel yo‘llari orqali o‘tib, kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasi hamda turar joylarga ta’sir ko‘rsatmagan.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli tashkilotlar xodimlari hodisa joylariga yetib borib, vaziyat oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etgan. Zararli oqibatlar qayd etilmagan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar savdosi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

So‘nggi uch yilda 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishga yuborilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.