O'zbekiston

Toshkentda 9-sinf o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Janjal vaqtida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga tan jarohati yetkazilgan.

Toshkentda 9-sinf o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Avvalroq, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchini kaltaklagani xabar qilingan edi.

 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 19-may kuni voyaga yetmagan, 2010-yilda tug‘ilgan R.R. hamda 2002-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi Z.O. dars jarayonida o‘zaro tortishib, keyinchalik janjallashib ketgan.

 

Aniqlanishicha, o‘quvchi dars paytida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarmagan hamda mashg‘ulot jarayoniga xalaqit bergan. Janjal vaqtida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga tan jarohati yetkazilgan. Jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Samarqandda maktab direktori o'rinbosari 9-sinf o'quvchisini kaltaklagani xabar berilgan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"