Sport

Pep Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketmoqda

U 2016-yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelgan va 20 ta yirik sovrinni, jumladan 6 ta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Pep Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketmoqda

 

Angliyaning Manchester Siti klubi bosh murabbiyi Pep Guardiola mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

 

Klub bayonotida qayd etilishicha, kataloniyalik mutaxassis 2016-yil iyul oyida jamoani qabul qilib olganidan buyon “Manchester Siti” tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birini yaratgan.

 

Pep Gvardiola boshqaruvi ostida “shaharliklar” 20 ta yirik sovrinni qo‘lga kiritgan. Jumladan, jamoa 6 marta Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘lgan, 3 martadan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida zafar quchgan hamda 5 bor Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

 

Xalqaro maydonda esa “Manchester Siti” ilk bor UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

 

Ma’lum qilinishicha, Gvardiola klub bosh murabbiyligidan ketganidan so‘ng ham City Football Group tizimida faoliyatini davom ettiradi. U global elchi sifatida guruh tarkibidagi klublarga texnik maslahatlar berish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida Enzo Maresca tayinlanishi kutilmoqda. Pep Gvardiola uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.

 

Joriy mavsumda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasida Arsenaldan ortda qolib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.