O'zbekiston

Qamchiq dovonida sel sabab harakat vaqtincha cheklandi

Loy, tuproq va shag‘al aralash sel yo‘lning qatnov qismiga tushgan.

Qamchiq dovonida sel sabab harakat vaqtincha cheklandi



“Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasining ma’lum qilishicha, 22-may kuni A-373 Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon avtomobil yo‘lining 129,9-kilometr qismida tog‘ yon bag‘ridan loy, tuproq va shag‘al aralash sel suvlari yo‘lning qatnov qismiga tushgan.



Yuzaga kelgan vaziyat sabab Vodiy—Toshkent yo‘nalishida avtomobillar harakati xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinchalik bir tasmaga yo‘naltirilgan.



Muassasa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, hozirda hududda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.



Qayd etilishicha, avtomobillar harakati nazorat ostida davom ettirilmoqda. Haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish, belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish so‘ralgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar savdosi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

So‘nggi uch yilda 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishga yuborilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.