Andijonda o'quvchi qizlar o'rtasida ommaviy janjal kelib chiqdi
Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voyaga yetmagan qizlar o‘rtasidagi janjal aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 22-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik aks etgan video tarqalgan.
O‘rganishlarga ko‘ra, mazkur holat 2026-yil 16-aprel kuni Andijon tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Unda 9-sinf o‘quvchisi R. D. hamda ushbu ta’lim muassasasining 7, 9 va 11-sinflarida tahsil olayotgan bir guruh o‘quvchi-qizlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Holat jarayoni o‘quvchilardan biri tomonidan mobil telefon orqali tasvirga olinib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq ma’muriy choralar ko‘rildi.








