O'zbekiston

“Futbolchilarimizni zamonamiz qahramonlari desak arziydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Futbolchilarimizni zamonamiz qahramonlari desak arziydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda jamoaning jahon chempionatiga yo‘llanma olishini tarixiy voqea sifatida baholadi.

 

Davlat rahbari AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan futbolchilar va muxlislarni tabriklab, xalq bu kunlarni 34 yil kutganini ta’kidladi.

 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar har bir uchrashuvga yuqori tayyorgarlik va katta mas’uliyat bilan yondashib, maydonga faqat g‘alaba uchun tushgan.

 

“Futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi”, — dedi davlat rahbari.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni quvonchdan uxlay olmaganini aytib, futbolchilar, ularning ota-onalari, ustozlari va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

 

Uchrashuvda taniqli shoir, yozuvchi va san’atkorlar ham ishtirok etgani qayd etildi. Prezidentning aytishicha, ular futbolchilarning jasorati haqida yangi she’rlar, qo‘shiqlar va asarlar yaratmoqda.

 

Davlat rahbari tadbirkorlar ham terma jamoa muvaffaqiyatidan faol foydalanayotganini bildirib, biznes vakillari futbol orqali o‘z milliy brendlarini dunyoga tanitayotgani va yangi bozorlarga chiqayotganini ta’kidladi.

 

Prezident futbolchilarning yutuqlari yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘layotganini ham qayd etdi.

 

“Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolalar safi ko‘paymoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"