O'zbekiston

IIV Qo‘qondagi 10 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan haydovchi yigit bobosiga tegishli Malibu-2 avtomobilini yuvish maqsadida olib chiqib ketgan.

IIV Qo‘qondagi 10 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

 

Ichki ishlar vazirligi Qo‘qon shahrida 10 yoshli uch nafar qizaloqni Malibu-2 rusumli avtomobil urib yuborgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 20-may kuni soat 16:30 lar atrofida Qo‘qon shahrining Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan yigit bobosiga tegishli Malibu-2 avtomobilini yuvish maqsadida olib chiqqan.

 

IIV ma’lumotiga ko‘ra, u avtomobilni bobosining ruxsati bilan olgan. Tajribasiz haydovchi harakat davomida piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan uch nafar 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qizaloqlardan biri voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar voyaga yetmagan qiz turli darajadagi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgani bildirilgan.

 

Videoreportajda voyaga yetmagan yigit haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, u tengdoshlari bilan aylanish maqsadida avtomobilni boshqargan.

 

Avtomobil egasi bo‘lgan bobosi esa kalitni nevarasiga mashinani yuvib qo‘yish uchun berganini, biroq uning avtomobilni minib ketganidan bexabar bo‘lganini aytgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, IIV tomonidan 267-modda — transport vositasini olib qochish holati bo‘yicha ham ish ochilgani ma’lum qilindi.

 

Hozirda voyaga yetmagan haydovchi protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"