O'zbekiston

Fan klublari terma jamoaning o‘n ikkinchi o‘yinchisi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida nutq so‘zladi.

Fan klublari terma jamoaning o‘n ikkinchi o‘yinchisi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etib, sportchilar hamda muxlislarga murojaat qildi.

 

Davlat rahbari AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan barchani katta futbol bayrami bilan tabriklab, ushbu kun o‘zbek futboli tarixidagi muhim sahifa ekanini ta’kidladi.

 

Prezident milliy terma jamoaning tarixiy natijasini e’tirof etib, futbolchilar, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda jamoaning barcha a’zolariga minnatdorlik bildirdi.

 

Shavkat Mirziyoyev muxlislarning jamoaga bo‘lgan sadoqati va qo‘llab-quvvatlovini alohida qayd etib, ularni haqiqiy vatanparvarlik namunasi deb atadi.

 

“Sizlarning milliy jamoaga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz har qancha tahsinga loyiq”, — dedi davlat rahbari.

 

Prezident stadiondagi fan-klublar faoliyatiga ham to‘xtalib, ular har bir uchrashuvda “o‘n ikkinchi o‘yinchi” vazifasini bajarayotganini ta’kidladi. 

 

“Fan-klublar a’zolari har bir o‘yinda chin o‘zbekona, betakror uslubi bilan o‘n ikkinchi o‘yinchi vazifasini munosib bajarmoqda. Ishonchim komil, ular mundialda ham minglab yurtdoshlarimiz, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan birga xuddi hozirgidek g‘ayrat-shijoat va hayqiriqlar bilan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashadi”,  — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari futbol O‘zbekistonda allaqachon har bir oilaning do‘stiga aylanganini qayd etib, stadionga farzandlari va nabiralari bilan kelayotgan muxlislar soni ortib borayotganini misol keltirdi. Prezident yosh avlod sportchilarning yutuqlaridan ruhlanib, kelajakda yangi chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

 

Nutq davomida mamlakatda sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkentda 100 gektardan ortiq hududda beshta yirik sport majmuasini o‘z ichiga olgan zamonaviy Olimpiya shaharchasi foydalanishga topshirilgan.

 

Shuningdek, Yangi Toshkent hududida FIFA standartlariga to‘liq javob beradigan, 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion qurilishi davom etmoqda.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu arena millionlab futbol muxlislari uchun katta sovg‘a bo‘ladi hamda O‘zbekistonda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytiradi.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

custom img

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida bir kishi cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Marhumning jasadi cho‘kib ketganidan qariyb besh soat o‘tib topildi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"