O'zbekiston

O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi jamoasi “Eng ilg‘or merganlar” musobaqasida ketma-ket uchinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat merganlar jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan VI Xalqaro “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

                                         

 

Musobaqa joriy yilning 10–21-may kunlari Isparta Kommandos Tog‘-o‘quv markazida tashkil etildi. Unda 13 davlatdan 24 ta jamoa ishtirok etgan.

 

                                           

 

Ishtirokchilar “Minora va qayiqdan o‘q otish”, “Jangovar otish”, “Yuqori aniqlikda otish”, “To‘siq ortidan otish”, “Havodagi vertolyotdan otish”, “O‘zini sinash”, “Tunda noma’lum masofalarga o‘q otish” hamda “Syurpriz” kabi murakkab shartlar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etgan.

 

                                       

 

Qariyb 10 kun davom etgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat jamoa xorijiy davlatlar armiyalari orasida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlangan.

 

                                         

 

Ta’kidlash joizki, Mudofaa vazirligi jamoasi ushbu musobaqada beshinchi marotaba ishtirok etmoqda. 2022–2023-yillarda 2-o‘rinni, 2024–2026-yillarda esa ketma-ket 1-o‘rinni qo‘lga kiritib kelmoqda.

 

                                         

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.