O'zbekiston

O‘zbekistonda “Har bir mahalla — futbol maydoni” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi.

O‘zbekistonda “Har bir mahalla — futbol maydoni” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida havaskor va professional futbolchilar soni keskin oshganini ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvda sport, xususan futbolga qaratilgan e’tibor va yaratilgan infratuzilma bugungi yutuqlarga mustahkam zamin bo‘lganini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda hududlarda 200 dan ortiq yirik sport inshooti, qariyb 4 mingta xususiy sport klubi faoliyat boshlagan. Shuningdek, 1,5 mingdan ziyod mahallada sport maydonchalari barpo etilgan.

 

Poytaxtda zamonaviy Olimpiya shaharchasi qurilib, Yuqori Chirchiq tumanida “Milliy futbol markazi” ishga tushirilgan. Har bir viloyatda professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil etilgan.

 

Prezidentning aytishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida havaskor futbolchilar soni 5 million nafarga yetgan. Futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 1 million 300 mingdan oshgan bo‘lsa, professional futbolchilar soni 17 ming nafarga yetgan.

 

Davlat rahbari futbol tizimida korrupsiya va tanish-bilishchilikka barham berilganini ham qayd etdi.

 

“Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘lishini ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda “Har bir mahalla — futbol maydoni” dasturi boshlanishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, dastur umummilliy harakatga aylantiriladi va har bir mahallada bolalar uchun futbol bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

 

Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etiladi. Unda 12–17 yoshli o‘g‘il-qizlardan iborat mahalla futbol jamoalari tuziladi.

 

Har yili havaskor futbolchilar o‘rtasida “mahalla — tuman — viloyat — respublika” bosqichlaridan iborat musobaqalar o‘tkaziladi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, “Mahalla ligasi” professional futbol klublari uchun iqtidorli yoshlarni saralab olishda muhim baza vazifasini bajaradi.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

custom img

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida bir kishi cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Marhumning jasadi cho‘kib ketganidan qariyb besh soat o‘tib topildi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"