O'zbekiston

Andijonda ta’lim muassasasi direktori 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Shuningdek, noqonuniy yer savdosi holati bilan bog‘liq bir nechta mansabdor shaxslar qo‘lga olindi.

Andijonda ta’lim muassasasi direktori 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Andijon viloyatida noqonuniy yer savdosi va korrupsion holatlar bilan bog‘liq bir nechta mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.



Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasining 2-Shahrixon bo‘limi 3-gidrouchastkasi boshlig‘i chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqaroga Katta Farg‘ona kanali himoya hududidagi 30 sotix yer maydonini ijara asosida rasmiylashtirib berish evaziga 40,5 ming AQSh dollari talab qilgan.



U Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Tezkor tadbir davomida ushbu noqonuniy holatga Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham aloqador ekani aniqlanib, u 20 ming dollardan 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.



Shuningdek, mazkur yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan 3-gidrouchastka xodimi ham yer ajratib berish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilgani aniqlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.



Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanidagi ta’lim muassasasi direktori ham xizmat mavqeidan foydalanib, muassasa hududidagi 1,1 gektar yer maydoni bo‘yicha kelishuv shartnomasini tasdiqlab berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.



Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"