Jahon

Emmanuel Makronning qarorgohida tintuv o‘tkazildi

Parijning moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha ikki tergov sudyasi prezident qarorgohida protsessual harakatlarni amalga oshirgan.

Emmanuel Makronning qarorgohida tintuv o‘tkazildi



Fransiyaning Le Monde nashri xabariga ko‘ra, Emmanuel Makronning rasmiy qarorgohi — Élysée Palaceda davlat xaridlari bilan bog‘liq tergov doirasida tintuv o‘tkazildi.



Ma’lum qilinishicha, 21-may kuni Parijning moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha ikki tergov sudyasi prezident qarorgohida protsessual harakatlarni amalga oshirgan. Tergov Panteondagi xotira marosimlarini tashkil etish uchun tuzilgan davlat shartnomalari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan olib borilmoqda.



Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tergov markazida marosimlarni tashkil etish bilan shug‘ullangan Shortcut Events kompaniyasiga bir necha davlat buyurtmalarining berilishi masalasi turibdi. Mazkur tadbirlar so‘nggi yillarda davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan.



Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, joriy yil 14-aprel kuni ham tergovchilar Yelisey saroyida tintuv o‘tkazishga uringan, biroq prezident ma’muriyatiga oid binolarning daxlsizligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy me’yorlar sabab ularga kirishga ruxsat berilmagan.



Tergov doirasida avvalroq Centre des Monuments Nationales tashkiloti, Shortcut Events kompaniyasi ofislari hamda ishga aloqador shaxslarning uylarida ham tintuvlar o‘tkazilgani aytilmoqda.



Hozircha Fransiya prezidenti administratsiyasi mazkur tergov yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.