O'zbekiston

O'zbekiston Qurbon hayiti arafasida Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

Balx viloyatiga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotidan iborat gumanitar yordam yetkazildi.

O'zbekiston Qurbon hayiti arafasida Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

 

O'zbekiston tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan hamda Afg'oninstonning sel-suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma'lum qildi.



Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan yuborilgan qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari Afg‘onistonning Balx viloyatiga olib borilgan.



Insonparvarlik yordamini topshirish marosimi Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris va ikki tomon rasmiylari ishtirok etgan.



Yuk tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, no‘xot hamda tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan.



Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatilayotgan doimiy insonparvarlik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llagan.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.