O'zbekiston

Respublika bo‘yicha 10 193 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi

Joriy o‘quv yili yakunida 11-sinfni 472 436 nafar, 9-sinfni esa 621 894 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Respublika bo‘yicha 10 193 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi

 

2026-yil 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.

 

Mazkur tadbirlarda respublika bo‘yicha jami 10 193 ta davlat umumta’lim maktabi ishtirok etib, 4 milliondan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

 

Tadbirlar avvalida O‘zbekiston Prezidentining mamlakatimiz umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

 

Shundan so‘ng bitiruvchi o‘quvchilarga tantanali ravishda oltin va kumush medallar topshirildi hamda ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

 

Tadbirlar doirasida yil davomida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qigan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan ota-onalar “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yili yakunida 11-sinfni 472 436 nafar, 9-sinfni esa 621 894 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

 

Shundan 9-sinf bitiruvchilarining 605 408 nafariga oddiy, 16 486 nafariga a’lo darajali shahodatnoma beriladi. 11-sinf bitiruvchilarining esa 2 047 nafari kumush, 9 731 nafari oltin medal bilan taqdirlanadi, qolgan 460 658 nafariga oddiy attestat topshiriladi.

 

2019-yildan boshlab iqtidorli bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tizimi joriy etilgan.

 

Shuningdek, so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida pedagog xodimlarning malakasi, staji va faoliyatiga qarab ish haqiga qo‘shimcha ustamalar tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2026-yilda ushbu tizim asosida 24 289 nafar pedagog 10 milliondan 20 million so‘mgacha oylik ish haqi olmoqda.

 

O‘quvchilarning yutuqlari ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Xususan, 2025-yilda xalqaro musobaqalarda 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza), 2026-yil may oyiga qadar esa 108 ta medal (20 ta oltin, 37 ta kumush, 51 ta bronza) qo‘lga kiritildi.

 

Joriy yilning I choragida esa xalqaro, mintaqaviy va nufuzli fan olimpiadalarida 27 ta medal (5 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) qo‘lga kiritildi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.