O'zbekiston

Centrum Air ortiqcha chipta sotish amaliyotidan foydalanmasligini ma’lum qildi

Aviakompaniya Raqobat qo‘mitasining so'roviga rasmiy munosabat bildirib, Toshkent–Urganch reysidagi vaziyat fors-major holati sabab yuz berganini bildirdi.

Centrum Air ortiqcha chipta sotish amaliyotidan foydalanmasligini ma’lum qildi

Raqobat qo‘mitasi “Centrum Air” hamda “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyalar faoliyatida ortiqcha biletlar sotilishi va iste’molchilar huquqlarini ta’minlash holati yuzasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligiga so‘rov yuborgan edi.

 

Centrum Air 19-may kuni Toshkent–Urganch yo‘nalishidagi C6089 reysida yuzaga kelgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, reys uchun mo‘ljallangan Airbus A330 samolyotini chaqmoq urgani sabab u texnik ko‘rikka olingan va samolyotni majburiy ravishda almashtirishga to‘g‘ri kelgan.

 

Kompaniya parvozlarni jadval asosida amalga oshirish maqsadida reysga kichikroq sig‘imdagi Airbus A320 samolyotini ajratganini ma’lum qildi. Natijada 42 nafar yo‘lovchi ushbu reys bilan parvoz qila olmagan.

 

Aviakompaniya qayd etishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan samolyotni almashtirish tashish shartnomasi hamda amaldagi yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalarida belgilangan. Yo‘lovchilarga chipta pulini to‘liq qaytarish yoki boshqa yaqin reyslarga, jumladan boshqa aviakompaniyalar qatnovlariga bepul qayta bron qilish taklif etilgan.

 

Shuningdek, kutish muddati uzoq davom etgan yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan. Noqulayliklar uchun esa ichki reyslarga 50 foizlik chegirma promokodi, keyingi parvoz uchun bepul bagaj joyi hamda samolyotda qulayroq o‘rindiqni bepul tanlash imkoniyati taqdim etilgani aytildi.

 

Centrum Air C6089 reysidagi holat overbuking, ya’ni samolyotdagi o‘rindiqlardan ortiqcha chipta sotish bilan bog‘liq emasligini, vaziyat fors-major holati sabab yuzaga kelganini ta’kidladi.

 

Bundan tashqari, aviakompaniya reyslar kechikkan holatlarda yo‘lovchilarga oldindan xabar berilishi, bepul taom va ichimliklar taqdim etilishi, zarurat tug‘ilganda esa mehmonxona bilan ta’minlanishini ma’lum qildi.

 

Kompaniya barcha majburiyatlar amaldagi qonunchilik, jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun va havo tashuvlari qoidalari asosida bajarilayotganini bildirib, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.