O'zbekiston

O‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladi

Loyiha sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash hamda yangi yer maydonlarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladi

O‘zbekistonda 2027–2030-yillarda Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida beshta yangi sel-suv ombori barpo etiladi. Bu haqda Prezidentning “Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 

 

Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Tangatopdisoy, Samarqand viloyatining Urgut tumanida G‘ijduvonsoy va Choshtepasoy, Qo‘shrabot tumanida Oqtepasoy hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Oqsoqotasoy sel-suv omborlari barpo etiladi.

 

Yangi omborlar ishga tushirilishi natijasida Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minoti yaxshilanadi. 

 

Shuningdek, Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

 

Respublika bo‘ylab kichik suv zaxiralarini shakllantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan 60 ta hudud aniqlangan. Sel-suv omborlarini qurish orqali bahor-yoz mavsumida yuzaga keladigan sel va toshqin suvlarini to‘plash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Qaror bilan ayrim loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish ham belgilangan. Xususan, Jizzax viloyatidagi Tangatopdisoy va Toshkent viloyatidagi Oqsoqotasoy sel-suv omborlari qurilishiga xususiy investorlar jalb etiladi.

 

Bundan tashqari, sel-suv omborlari hududlarida turistik-rekreatsion zonalar va baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Ular uchun zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish ishlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"