Jahon

Putin qarishga qarshi milliardlab dollar sarflamoqda

Dastur doirasida bioprinting va inson organlarini mini-cho‘chqalar organizmida yetishtirish texnologiyalari ustida ham ish olib borilmoqda.

Putin qarishga qarshi milliardlab dollar sarflamoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan uzoq umr ko‘rish dasturi gen terapiyasi, organlarni 3D bosib chiqarish va mini-cho‘chqalarda inson organlarini yetishtirish kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. The Wall Street Journal’ga ko‘ra, Kreml bu yo‘nalishni Rossiyaning eng muhim ilmiy loyihalaridan biriga aylantirgan, deya xabar bermoqda tovima.com.

 

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada qarishga qarshi ilmiy tadqiqotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirilmoqda. Vladimir Putin tomonidan 2024-yilda taqdim etilgan “Yangi sog‘liqni saqlash texnologiyalari” dasturi doirasida umrni uzaytirish va qarish jarayonini sekinlashtirishga qaratilgan loyihalar uchun 26 milliard dollar ajratilgan.

 

O‘tgan oy Rossiya hukumati hujayralarning qarishini sekinlashtirishga mo‘ljallangan gen terapiyasi preparati ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu loyiha qarishga qarshi kurashdagi eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

 

Dastur doirasida bioprinting — tirik to‘qimalarni 3D bosib chiqarish va ksenotransplantatsiya — inson organlarini mini-cho‘chqalar organizmida yetishtirish texnologiyalari ustida ham ish olib borilmoqda. Rossiyalik olimlar 2030-yilgacha inson organlarini almashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarni yaratishni maqsad qilgan.

 

WSJ maqolasida qayd etilishicha, Putin uzoq yillardan buyon qarishga qarshi tadqiqotlarga qiziqib keladi. Nashr uni Jeff Bezos, Sem Altman va Piter Til kabi texnologiya milliarderlari bilan bir qatorda umrni uzaytirish texnologiyalariga katta qiziqish bildirayotgan siyosiy yetakchilardan biri sifatida tilga oladi.

 

Maqolada Putinning qarish va sog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratishi haqida ham so‘z yuritiladi. Xususan, COVID-19 pandemiyasi davrida Rossiya prezidenti qat’iy karantin tartiblarini joriy etgan, tashrif buyuruvchilar uchun uzoq muddatli izolyatsiya talab qilgan va dezinfeksiya tunnellaridan foydalangan. O‘sha davrda uning uzun stollar ortida uchrashuvlar o‘tkazishi ham keng muhokama qilingan edi.

 

Shuningdek, maqolada Putinning krioterapiyaga, ya’ni organizmni o‘ta past harorat ta’siriga duchor qilish usuliga qiziqishi eslatiladi. 2018-yilda u Avstriyaning o‘sha paytdagi kansleri Sebastyan Kurtsga bunday muolajani sinab ko‘rishni tavsiya qilgan. Kurts keyinchalik Putin krioterapiyaning foydalari haqida katta qiziqish bilan gapirganini aytgan.

 

WSJ Putinning omma oldida o‘zini jismonan chiniqqan va baquvvat yetakchi sifatida namoyon etishga ham alohida e’tibor qaratishini qayd etadi. Yillar davomida u ko‘kragi yalang‘och holda ov qilishi, xokkey o‘ynashi va mototsikl minishi aks etgan tasvirlar orqali faol va kuchli rahbar obrazini shakllantirib kelgan.

 

Rossiyaning uzoq umr ko‘rish dasturiga Putinning qizi, endokrinolog Mariya Voronsova hamda Kurchatov instituti rahbari Mixail Kovalchuk boshchilik qilmoqda. Kovalchuk fan kelajakda inson tanasining ayrim qismlarini cheksiz ravishda tiklash va almashtirish imkonini berishi mumkinligini ta’kidlab keladi.

 

Biroq ayrim olimlar loyiha natijalariga ehtiyotkorona yondashmoqda. Ularning fikricha, hozircha bu yo‘nalishdagi ko‘plab ishlanmalar xalqaro ilmiy jurnallarda yetarli darajada tasdiqlanmagan va amaliy natijalar haqida gapirishga erta.

 

Maqola so‘ngida Rossiyada erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi taxminan 68 yil ekani, bu ko‘rsatkich AQSH va G‘arbiy Yevropaning ko‘plab mamlakatlaridagidan ancha pastligi qayd etiladi.

 

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Falastinlik mahbuslar jamiyati bolalarga nisbatan qiynoqlar, ochlik va tibbiy yordamdan mahrum qilish holatlari kuzatilayotganini bildirdi.