Jahon

Qozog‘iston Prezidenti Yerlan Karinni vitse-prezident etib tayinladi

Yangi lavozim 2026-yilda qabul qilingan Konstitutsiya asosida qayta joriy etildi.

Qozog‘iston Prezidenti Yerlan Karinni vitse-prezident etib tayinladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Yerlan Karinni mamlakat vitse-prezidenti etib tayinladi.

 

31-avgust kuni Ostonada yangi saylangan Qurultoyning birinchi yalpi majlisida Prezident To‘qayev Yerlan Karin nomzodini vitse-prezidentlikka taqdim etdi. Ovoz berishda ishtirok etgan 145 nafar deputatning 141 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi, 4 nafari betaraf qoldi. Shundan so‘ng davlat rahbari tegishli farmonni imzoladi.

 

50 yoshli Yerlan Karin 2019-yildan buyon Qosim-Jo‘mart To‘qayev jamoasida turli yuqori lavozimlarda, jumladan, Prezident yordamchisi, Davlat kotibi va Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2026-yil 30-iyunda u Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

 

Qozog‘istonda 15-mart kuni o‘tkazilgan umumxalq referendumida Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi va u 1-iyuldan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, ikki palatali Parlament o‘rniga bir palatali parlament — Qurultoy tashkil etildi. Shuningdek, vitse-prezident lavozimi qayta joriy qilindi.

 

Konstitutsiyaga muvofiq, vitse-prezident Qurultoyning ko‘pchilik ovozi bilan bergan roziligi asosida Prezident tomonidan tayinlanadi. Vitse-prezident Qurultoy, Hukumat va boshqa davlat organlari bilan munosabatlarda Prezident nomidan ish yuritishi mumkin. Prezidentning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan yoki u vafot etgan taqdirda, davlat rahbari vakolatlari vitse-prezidentga o‘tadi.

 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi avval ham mavjud bo‘lgan. Mustaqil Qozog‘istonda Yerik Asanbayev 1991-yilda vitse-prezident etib saylangan. Lavozim 1995-yilda qabul qilingan Konstitutsiyadan keyin bekor qilinib, Asanbayev 1996-yil fevral oyiga qadar vakolatlarini amalga oshirgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"