Jahon

AQSHda ona 11 oylik o‘g‘lini otasiga bermaslik uchun otib o‘ldirdi

Ayol bolaning otasiga berilgan vasiylik huquqidan norozi bo‘lgan.

AQSHda ona 11 oylik o‘g‘lini otasiga bermaslik uchun otib o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol 11 oylik o‘g‘lini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

 

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Medlin Veronika Deyli sud qarorini buzib, bolani Vayoming shtatidan Nyu-Meksikoga olib ketgan. Ayol bolaning otasiga berilgan vasiylik huquqidan norozi bo‘lgan.

 

23-dekabr kuni politsiya uni avtoturargoh aniqlagan. Huquq-tartibot xodimlari binoni qurshab olganidan ko‘p o‘tmay, ichkaridan o‘q ovozi eshitilgan. Politsiya kirganida, bola 9 millimetrli quroldan otilgan o‘qdan halok bo‘lgani aniqlangan. Ayol shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq politsiya xodimlari bunga yo‘l qo‘ymagan.

 

Tergovchilarga ko‘ra, Deyli bolaning otasi va uning qarindoshlari o‘g‘lini boshqa ko‘rmasligi uchun uni o‘ldirish “arziydi”, deb hisoblaganini aytgan.

 

Deyli birinchi darajali qotillikda aybini tan olgan. Unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. 

 

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.