Sport

Abduqodir Xusanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Uning transfer qiymati 15 million yevroga oshib, 50 million yevroga yetdi.

Abduqodir Xusanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanovning transfer qiymati 50 million yevroga yetdi. Bu haqda Transfermarkt portali tomonidan Angliya Premyer-ligasi futbolchilari bozor qiymatlari yangilanganidan so‘ng ma’lum qilindi.

 

                                             

 

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” klubida to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchining transfer bahosi 15 million yevroga oshgan. Avval uning qiymati 35 million yevroni tashkil etgan.

 

Ushbu ko‘rsatkich natijasida Abduqodir Xusanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. U reytingda yaponiyalik futbolchilar Kaishu Sano va Takefusa Kuboni ortda qoldirgan.

 

                                           

 

Shuningdek, u Angliya Premyer-ligasida to‘p surayotgan sobiq ittifoq mamlakatlari futbolchilari orasida ham eng yuqori transfer qiymatiga ega futbolchi sifatida qayd etilgan. Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni ukrainalik Yegor Yarmolyuk egallagan.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.