O'zbekiston

Surxondaryoda Damas va Nexia o‘rtasidagi poyga oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Mashinalardagi qolgan fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.

Surxondaryoda Damas va Nexia o‘rtasidagi poyga oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

 

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 28-may kuni soat 23:50 atrofida Uzun tumani “Chaqar” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-169 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yoshli o‘smir to‘rt nafar sinfdoshi bilan Damas avtomobilini boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu yo‘nalishda harakatlanayotgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Nexia bilan kim oʻzarga oʻynash oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Hodisa natijasida Damas avtomobilining voyaga yetmagan haydovchisi hamda Nexia avtomobilidagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Qolgan fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"