O'zbekiston

Firibgarlarning yangi tuzog‘i: Telegramda soxta sud chaqiruvlari tarqatilmoqda

Shubhali fayl yoki havola ochilishi Telegram akkaunti va shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.

Firibgarlarning yangi tuzog‘i: Telegramda soxta sud chaqiruvlari tarqatilmoqda

 

Kiberfiribgarlar tomonidan Telegram messenjeri orqali foydalanuvchilarni aldashga qaratilgan yangi firibgarlik usuli kuzatilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxslar foydalanuvchilarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabarlar yuborib, ularga zararli APK fayllar yoki shubhali havolalarni jo‘natmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday havola yoki fayllar ochilgan taqdirda, zararli dastur qurilmaga o‘rnatilib, foydalanuvchining Telegram akkauntiga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishi mumkin. Natijada virus avtomatik ravishda kontaktlar, guruhlar va boshqa foydalanuvchilarga ham tarqatiladi.

 

Shuningdek, firibgarlar ushbu usul orqali shaxsiy ma’lumotlar, Telegram akkauntlari, bank kartalari rekvizitlari hamda boshqa maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin.

 

Fuqarolardan noma’lum manbalardan yuborilgan havolalar va APK fayllarni ochmaslik, shubhali xabarlarga ishonmaslik hamda yaqinlarini ham bunday kiberxavflardan ogohlantirish so‘raladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"