Jahon

Tayvan Xitoy kemalarini suv hududidan chiqarib yubordi

Hodisa Pekin va Taypey o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, tomonlarning o‘zaro ogohlantirishlari bilan kechdi.

Tayvan Xitoy kemalarini suv hududidan chiqarib yubordi

Tayvan sohil qo‘riqlash xizmati mamlakat janubidagi cheklangan suv hududiga kirgan Xitoyning to‘rtta davlat kemasi hududdan chiqarib yuborilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi dengizdagi keskinlik fonida yuz berdi.

 

Tayvan rasmiylariga ko‘ra, uchta sohil qo‘riqlash kemasi ham bo‘lgan to‘rtta Xitoy kemasi yakshanba kuni orolning janubiy qismidan janubi-g‘arbda joylashgan cheklangan suv hududiga kirgan. Bunga javoban Tayvan yettita sohil qo‘riqlash kemasini yuborib, Xitoy kemalarini hududni tark etishga chaqirgan. Natijada kun oxiriga borib barcha kemalar hududdan chiqib ketgan.

 

Voqea Yaponiya va Filippinning dengiz chegaralarini belgilash bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlash rejalari ortidan yuz berdi. Pekin bu jarayon Tayvan atrofidagi suv hududlariga ham taalluqli ekanini bildirib, norozilik bildirgan.

 

Xitoy davlat OAVlari avvalroq Tayvanning sharqiy qismidagi suv hududlarida “maxsus dengiz huquqni muhofaza qilish operatsiyasi” o‘tkazish uchun kemalar yuborilganini xabar qilgan edi.

 

Tayvan sohil qo‘riqlash xizmati tomonlar o‘rtasidagi radioaloqa yozuvini ham e’lon qildi. Unda xitoylik ofitser kemalar joylashgan hudud Xitoy yurisdiksiyasiga tegishli ekanini ta’kidlagan. 

 

Tayvan tomoni esa Pekinning ushbu suv hududlarida suveren huquqlarga ega emasligini bildirgan.

 

So‘nggi haftalarda Tayvan Xitoy sohil qo‘riqlash kemalari faolligi sezilarli darajada oshganini qayd etmoqda. Xususan, Janubiy Xitoy dengizidagi Tayvan nazoratidagi Pratas orollari atrofida bir necha bor qarama-qarshi vaziyatlar kuzatilgan.

 

Xitoy harbiylari ham Tayvan yaqinida deyarli har kuni faoliyat olib bormoqda. Pekin Tayvanni o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydi va zarurat tug‘ilganda kuch ishlatish imkoniyatidan voz kechmaganini bir necha bor ta’kidlagan. Tayvan hukumati esa bu da’volarni rad etib kelmoqda.

 

Tayvan Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Jozef Vu ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyning harakatlarini tanqid qilib, Pekinni mintaqadagi bosimni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.