Jahon

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan



AQSH prezidenti Donald Tramp o‘tgan Rojdestvo bayramida o‘zining uch nafar yaqin yordamchisiga har biriga 45 ming dollardan pul sovg‘a qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal Oq uy tomonidan eʼlon qilingan moliyaviy hujjatlarga tayanib xabar berdi.



Sovg‘a olganlar orasida Trampning ijrochi yordamchisi Natali Harp, kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Margo Martin hamda Oval ofis operatsiyalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Chemberlen Xarris bor.



Hujjatlarda mazkur to‘lovlar «bayram sovg‘asi» sifatida ko‘rsatilgan. Uchalasi ham Trampning eng yaqin yordamchilari qatoriga kiradi. Ular Oval ofisga yaqin joyda ishlaydi, prezidentning safarlarida unga hamrohlik qiladi hamda uchrashuv va tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, ularning har biri yiliga qariyb 150 ming dollar maosh oladi.



Oq uy vakillari prezidentning o‘ziga yaqin shaxslarga, jumladan, davlat xizmatida yoki avval xususiy sektorda ishlagan yordamchilariga Rojdestvo sovg‘alari berishi uzoq yillik amaliyot ekanini bildirgan. Ularning taʼkidlashicha, bunday sovg‘alar xodimlarning rasmiy davlat vazifalari bilan bog‘liq emas.



Biroq Minnesota universiteti huquq professori va sobiq prezident Jorj Bush davridagi Oq uyning axloq bo‘yicha maslahatchisi Richard Peynter mazkur to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytgan.



Uning fikricha, davlat xizmatchilariga tashqi manbalardan sovg‘a yoki bonus olishni cheklovchi qoidalar mavjud. Peynter Trampning yordamchilariga bergan pullari ham ushbu talablarga zid bo‘lishi mumkinligini taʼkidlagan.



Natali Harp 2019 yilda Fox News telekanalidagi chiqishidan so‘ng Trampning eʼtiboriga tushgan. 2025 yil yanvaridan buyon Harp prezidentning ijrochi yordamchisi sifatida faoliyat yuritmoqda



The Wall Street Journal maʼlumotlariga ko‘ra, Harp Trampning Truth Social‘dagi akkauntini boshqarishda ham ishtirok etadi. U prezident postlarining bosma nusxalarini tasdiqlash uchun taqdim etadi va ayrim hollarda ularni kechki payt matbuot xizmati hamda apparat rahbari ofisini chetlab o‘tgan holda eʼlon qiladi.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.