Jahon

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi



Tramp bu haqda Texas shtatining Dallas shahrida bo‘lib o‘tgan Respublikachilar milliy anjumanidagi nutqida maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur to‘lovlar AQSH iqtisodiyotidagi muvaffaqiyatlar natijasida shakllanadigan dividend sifatida beriladi.



Prezident bu tizimni muvaffaqiyatli kompaniyalarning o‘z investorlariga dividend to‘lashiga qiyosladi. Shuningdek, mablag‘lar AQSH hududida sarflanishi kerakligini taʼkidladi.



Hozircha ushbu to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmi, mablag‘larni kimlar olishi va bunday tashabbusning huquqiy asoslari haqida aniq maʼlumot berilmagan.



2025-yilda AQSHning voyaga yetgan aholisi taxminan 267 million kishini tashkil etgan. Agar ularning barchasiga 5 ming dollardan to‘lansa, xarajat qariyb 1,34 trillion dollarni tashkil etadi. Biroq mamlakatdagi barcha voyaga yetganlar AQSH fuqarosi emas.



Tramp, shuningdek, oraliq saylovlarda prezident partiyasi odatda Kongressdagi o‘rinlarni yo‘qotishini eslatib, respublikachilar bu tendensiyani o‘zgartirishi kerakligini aytdi. U saylovchilarni partiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.



Prezident Respublikachilar partiyasi saylovlarda mag‘lub bo‘lgan taqdirda AQSHning chegaralar, soliq imtiyozlari va xavfsizlik borasidagi siyosati xavf ostida qolishini taʼkidladi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.