Jahon

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir Tashqi ishlar vazirligi 10-sentyabr, payshanba kuni BAA bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Vazirlikka ko‘ra, Abu-Dabining harakatlari endilikda “maqbul yoki chidab bo‘ladigan darajadan oshib ketgan”. Jazoir ikki tomonlama munosabatlarni saqlab qolish uchun “barcha imkoniyatlarni ishga solib bo‘lganini” bildirgan.

 

BAA elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga Jazoirning qarori haqida ma’lum qilingan. Diplomatik vakilga qarorni bajarish uchun 48 soat vaqt berilgan.

 

Jazoirning bayonotidan ko‘p o‘tmay, BAA prezidenti diplomatik maslahatchisi Anvar Gargash X tarmog‘ida diplomatik munosabatlar “jumboqlar va izoh talab qiladigan ishoralar”ga emas, balki “ratsionallik, muloqot va manfaatlarning aniqligi”ga asoslanishi kerakligini aytdi. U Jazoirni bevosita tilga olmagan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchaygan. Jazoir OAVlari BAAni keskin tanqid qilib, uni mintaqada kelishmovchiliklar keltirib chiqarishga urinishda ayblab kelgan.

 

Reuters yozishicha, Jazoir va BAA qator mintaqaviy masalalarda ham turlicha pozitsiyani egallaydi. Jazoir Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi. BAA hamda Jazoirning mintaqadagi raqibi Marokash esa 2020-yilda AQSh vositachiligida tuzilgan “Ibrohim kelishuvlari” doirasida Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan.

 

Shuningdek, ikki davlat G‘arbiy Sahroi Kabir masalasida ham qarama-qarshi pozitsiyada. BAA Marokashning ushbu hudud ustidan suverenitetga egalik qilish haqidagi da’vosini qo‘llab-quvvatlaydi va u yerda konsulligi mavjud. Jazoir esa mustaqil G‘arbiy Sahroi Kabirni tashkil etishni ko‘zlayotgan Polisario frontini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Ikki davlat manfaatlari Sahel mintaqasida ham tobora ko‘proq kesishmoqda. BAA so‘nggi yillarda mintaqadagi bir qator hukumatlar bilan aloqalarini kengaytirgan. Jazoirning janubdagi ayrim qo‘shnilari bilan munosabatlari esa bir qator harbiy to‘ntarishlardan keyin keskinlashgan.

 

Jazoir prezidenti Abdelmajid Tebbun o‘tgan yili mamlakatining barcha Fors ko‘rfazi davlatlari bilan munosabatlari iliq ekanini, faqat bitta davlat bundan mustasno ekanini aytgandi. Bu bayonot BAAga yashirin ishora sifatida baholangan. U Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon va Qatar bilan munosabatlarni “qardoshlarcha” deb ta’riflab, nomini aytmagan davlatni Jazoirning ichki ishlariga aralashish va mamlakatni beqarorlashtirishga urinishda ayblagan.

 

2026-yil fevralida esa Jazoir BAA bilan 2013-yil may oyida Abu-Dabida imzolangan havo qatnovlari to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilish jarayonini boshlagan.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.