O'zbekiston

9–12-iyun kunlari O‘zbekistonda sel xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

9–12-iyun kunlari O‘zbekistonda sel xavfi e’lon qilindi

 

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 9–12-iyun kunlari respublika bo‘yicha kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, yomg‘irlar natijasida ayrim hududlarda sel kelishi va suv toshqinlari kuzatilishi ehtimoli bor.

 

Sel xavfi qayd etilishi mumkin bo‘lgan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
  • Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.

 

Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

 

Shuningdek, yog‘ingarchilik oqibatida ayrim hududlarda suv to‘planishi va mahalliy suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq, 6-8-iyun kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilingani xabar qilingan edi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"