Jahon

Dunyo bo‘ylab 138 millionga yaqin bola mehnat qilishga majbur — XMT

Xalqaro mehnat tashkilotining ta'kidlashicha, 54 million bola hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli sharoitlarda ishlamoqda

Dunyo bo‘ylab 138 millionga yaqin bola mehnat qilishga majbur — XMT

 

Dunyo bo‘ylab qariyb 138 million nafar bola mehnat qilishga majbur bo‘lmoqda, ulardan 54 million nafari esa hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf tug‘diruvchi sharoitlarda ishlayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda BMT ma’lumotlariga tayanib, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gilbert Xoungbo bayonot berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, bolalar mehnatining hozirgi darajasi xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy tashvish uyg‘otadi va bu holatni qabul qilib bo‘lmaydi. XMT rahbari hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarini muammoni bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

 

Mazkur bayonot har yili 12-iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni arafasida yangragan. Ushbu sana 2002-yilda XMT tashabbusi bilan bolalar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ta’sis etilgan.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda millionlab bolalar ta’lim olish, xavfsiz rivojlanish va to‘laqonli bolalik huquqidan mahrum bo‘lmoqda. Muammo ayniqsa qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va norasmiy iqtisodiyot sohalarida dolzarb bo‘lib qolmoqda. Aynan ushbu yo‘nalishlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish holatlari ko‘proq uchraydi.

 

2026-yilda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni “Bolalar mehnatiga qizil karta: bolalar uchun adolatli sharoitlar, kattalar uchun munosib ish” shiori ostida o‘tkaziladi. XMTga ko‘ra, bolalar mehnati qashshoqlik, ish o‘rinlarining yetishmasligi va ijtimoiy himoya tizimlarining zaifligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, muammoni bartaraf etish kompleks yondashuvni talab qiladi.

 

Shu munosabat bilan Marrakesh Global Harakatlar Dasturida bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Ular qatoriga ota-onalar uchun munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish, bolalarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish hamda bolalar huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilikni kuchaytirish kiradi.

 

Gilbert Xoungboning ta’kidlashicha, bolalar mehnatini butunlay yo‘q qilish mumkin, biroq buning uchun xalqaro hamjamiyatning qat’iy siyosiy irodasi va muvofiqlashtirilgan harakatlari zarur.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"