Siyosat

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda media va kommunikatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

 

Moskva shahriga amalga oshirilgan uch kunlik tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Prezidenti Administratsiyasining qator rahbarlari va mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

 

Xususan, delegatsiya Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan muloqotlar olib bordi.

 

Tashrif davomida Rossiyaning jamoat, yoshlar, media va kreativ sohalarda faoliyat yuritayotgan qator tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Muzokaralar chog‘ida muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahliliy markazlar va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma ta’lim va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Delegatsiya, shuningdek, boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markazning boshqaruv kadrlarini tayyorlashdagi ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlari katta qiziqish uyg‘otdi.

 

O‘tkazilgan uchrashuvlar media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotni rivojlantirish, professional tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tomonlarning tayyorligini tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.