O'zbekiston

“Do‘stlik” chegara postida valyutani poyabzali ichiga yashirgan shaxs aniqlandi

Boshqa bir yo‘lovchi ham 771 ming rublini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan.

“Do‘stlik” chegara postida valyutani poyabzali ichiga yashirgan shaxs aniqlandi

Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida xorijiy valyutani bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqishga uringan ikki holat fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Raisining matbuot kotibi xabar berdi.

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri deklaratsiya qilgan 8 ming AQSH dollaridan tashqari, yana 8 ming dollarni poyabzali ichiga yashirib olib chiqishga uringan. Tekshiruv davomida ushbu mablag‘lar aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

 

 

Shuningdek, yana bir yo‘lovchi 771 ming Rossiya rublini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan valyuta mablag‘lari vaqtincha saqlovga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar O‘zbekistondan ekvivalenti 100 million so‘mgacha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini bojxona qoidalariga rioya qilgan holda olib chiqishi mumkin.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"