Siyosat

Inson huquqlari sohasidagi hamkorlik: Milliy markaz va BMT vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Uchrashuda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi hamda BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasida 2026-yilga moʻljallangan Qoʻshma ish rejasi imzolandi.

Inson huquqlari sohasidagi hamkorlik: Milliy markaz va BMT vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori Akmal Saidov BMTning Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakili Mahir Safarli bilan uchrashdi. Muloqotda boshqarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha huquqiy himoya masalalari boʻyicha mutaxassisi Baljan Oshakbayeva ham ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar qochqinlar, boshpana izlovchi shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

                                           

 

Uchrashuv yakunida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi hamda BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasida 2026-yilga moʻljallangan Qoʻshma ish rejasi imzolandi.

 

Mazkur hujjatda kelgusi davr uchun hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, aholi hamda mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, qochqinlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish borasidagi xalqaro meʼyorlarni keng joriy etish masalalari belgilab olindi.

 

                                           

 

Tomonlar oʻzaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni izchil davom ettirish, erishilgan kelishuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish hamda inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi qoʻshma tashabbuslarni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.